OLIY TAʼLIM SIFATI TALABALAR NIGOHIDA

Anglashi, oliy taʼlim, sifat, talaba, taʼminlash, takomillashtirish.

Mualliflar

  • Otabek TILAVOLDIYEV Guliston davlat universiteti, Filologiya fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, Uzbekistan
  • Hikmatullo URAZBAYEV Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Huquq, texnologiya va ta’lim fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, PhD, Uzbekistan

##submission.downloads##

Mazkur maqolada Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida taxsil olayotgan talabalar oliy taʼlim sifatini nimalarda koʻrishini oʻrganish maqsadida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari taqdim etiladi. Oʻzbekistonda oliy taʼlimning ommalashuvi sharoitida oliy taʼlim sifatini taʼminlash va takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Buning uchun albatta birinchi navbatda talabalarning oliy taʼlim sifatini nimalarda koʻrishini aniqlash ustuvor ahamiyatga ega. Tadqiqotda soʻrov usulidan foydalanib, soʻrov mamlakatimiz OTMlarida taxsil oluvchi 177 nafar talabalar oʻrtasida oʻtkazildi. Tadqiqot natijalariga koʻra talabalar oliy taʼlim sifatini birinchi navbatda OTMda faoliyat yurituvchi professor-oʻqituvchilar salohiyatida koʻrishadi.