Tabiiy fanlar

JANUBIY O‘ZBEKISTON AMFIBIYALARI CESTODALARINING (PLATHELMINTHES: CESTODA) MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK TAHLILI

Cestodalar, taksonomiya, morfologiya, morfometriya, parazit, amfibiyalar, Janubiy O‘zbekiston.

Mualliflar

  • Shohjahon ALIYEV OʻzR FA Zoologiya instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Oybek AMIROV OʻzR FA Zoologiya instituti Molekulyar zoologiya laboratoriyasi mudiri, k.i.x., PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada amfibiyalarda uchraydigan Cestodalar sinfi vakillarining tashqi morfologik tuzilishi, tana qismlari hamda
morfometrik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Amfibiyalar parazitlarining biologik xususiyatlarini o‘rganish ularning sistematikasini
aniqlash, xo‘jayin-parazit munosabatlarini tushunish hamda ekologik monitoringda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari,
Cestodalar sinfiga mansub Nematotaenia dispar Goeze, 1782, Ophiotaenia (Batrachotaenia) ranae Yamaguti, 1938 va
Mesocestoides lineatus Goeze, 1782, larvae turlarning tana uzunligi, scolex shakli, proglottidlar soni va jinsiy sistemasi
tuzilishidagi morfologik va morfometrik farqlarni ko‘rsatdi.