IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA O`ZBEKISTONDAGI EVAKOGOSPITALAR FAOLIYATI ( Farg`ona vodiysi misolida )

Gospitallar, mobilizatsiya, “sog`lomlashtirish pavilyoni”, xalq komissarligi, sanitariya nazorati, Qizil armiya, rentgen, donorlar

Mualliflar

##submission.downloads##

Mqolada 1941-1945-yillar Ikkinchi jahon urushi davrida O`zbekiston SSRda tashkil etilgan va ko`chirib keltirilgan evakogospitallar faoliyati, ularning ikkinchi jahon urushidagi g`alabani qo`lga kiritilishidagi ahamiyati ochib berilgan.

O`zbek xalqi urushning dastlabki kunlaridayoq fashizmga qarshi kurashda bor imkoniyat darajasida o`z hissasini qo`sha boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikada 120 dan ortiq gospitallar faoliyat ko`rsatgan. Farg`ona viloyatida esa 16 ta shunday davolash muassasasi faoliyat olib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimi organlari zimmasiga yuklangan murakkab vazifalardan biri bu evakuatsiya qilingan gospitallar faoliyatini yo`lga qo`yish va ularning ish jarayonlarini tashkil etib, yarador va bemorlarni davolash ishlarini olib borish edi.

Ushbu maqolada O`zbekiston xalqining evakogospitallar faoliyatidagi ishtiroki,ayniqsa Farg`ona vodiysidagi evakogospitallar va ulardagi shifokorlarning mehnat jarayonlari dalil va hujjatlar asosida ochib berilgan.