Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOXTAR SATRAPLIGI TARIXINI OʻRGANISHDA MODDIY MANBALARNING OʻRNI (ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR MISOLIDA)

Ahamoniylar davlati, Turon, Boxtar (Baqtriya), Boxtar satrapligi, arxeologik yodgorliklar, shahar va qishloq manzilgohlari, mustahkam uylar, Persepol, Pasargad.

Mualliflar

Arxeologik (moddiy) manbalar Turon tarixini va madaniyatini Ahamoniylar imperiyasiga qaramlik davrida oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. XX asrdan hozirgi davrgacha Eron, Afgʻoniston, Oʻzbekiston va Tojikiston hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ushbu davr tarixiga oid koʻplab yodgorliklar va topilmalar aniqlanib, ilmiy jihatdan oʻrganildi. Mazkur manbalar Turonning Ahamoniylar hukmronligi davridagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini qayta tiklash, shuningdek uning imperiya tarkibidagi oʻrnini aniqlashda muhim daliliy material boʻlib xizmat qiladi. Mazkur maqolada miloddan avvalgi VI–IV asrlarga oid boʻlib, Turon va Eron hududlarida aniqlangan Baqtriya satrapligi tarixini aks ettiruvchi arxeologik yodgorliklarning joylashuvi, oʻrganilish tarixi hamda turlari boʻyicha arxeologik ma’lumotlar ilmiy tahlil qilinadi.