O‘ZBEKISTON UMUMIY O‘RTA TA’LIMIDA SUN’YIY INTELTEKT VA ROBOTOTIKANI O‘RGANISH VA O‘QITISHGA EHTIYOJNI TAHLILLARI

Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturiy ta’minot.

Mualliflar

  • Javlonbek ABDUJALILOV Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

##submission.downloads##

Ushbu maqolada biz O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’limda sun’iy intellekt va robototexnikani dasturlashni o‘qitishni idrok etish darajasini o‘lchash uchun so‘rovnoma tadqiqotini o‘tkazdik. Biz to‘rt guruh ishtirokchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazishni tanladik. Ular umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari (10 va 11-sinf o‘quvchilari), ularning ota-onalari, Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari va maktab direktorlari ishtirok etishga taklif etildi. Tadqiqotga Toshkent shahrida joylashgan 12 ta maktab kiritildi. Har bir respondentning so‘rov qog‘ozi kodlangan va so‘rov natijalari respondentlarning fikri asosida tahlil qilingan.