XOTIN-QIZLARGA VA BOLALARGA NISBATAN ZO’RAVONLIK MUAMMOSI: SOTSIOLOGIK TAHLIL

vzo‘ravonlik, tazyiq, zo’ravonlik turlari, xotin-qizlar, jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, inson huquqlari

Mualliflar

  • Xolida ZIYAYEVA O‘zbekiston Millliy universiteti dotsent vazifasini bajaruvchisi, PhD, Uzbekistan

##submission.downloads##

O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yunalishi bo‘lib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy tizim yaratildi. Konstitutsiyamiz va kodekslarimizda, qonunlarimizda inson erki, qadr-qimmati eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlandi. Dunyodagi barcha davlatlarning milliy qonunchiligida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga alohida ahamiyat berilgan. Lekin samarador chora-tadbirlarga qaramay mamlakatmizda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo’ravonlik holatlari boshqa zo’ravonlik holatlariga nisbatan ko’proq uchramoqda. Ushbu maqolada zo‘ravonlik tushunchasi, xotin-qizlarga va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, xotin-qizlarga nisbatan psixologik zo‘ravonlik va uning oqibatlari tahlil qilingan.