STATISTIK CHETLANISHLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA O‘QITUVCHILARNING REYTINGINI BAHOLASH TARTIBI

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu tadqiqotning maqsadi ta’lim sohasida baholash metodikalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, statistik chetlanishlarni hisobga olgan holda o‘qituvchilarning reytingini baholash tartibini sinovdan o‘tkazish va baholash edi. Tadqiqot metodologiyasi tinglovchilar tomonidan berilgan o‘qituvchilarning faoliyatiga oid baholarni yig‘ishni, keyinchalik Microsoft Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashni, shu jumladan, potensial subyektiv ta’sirni pasaytirish maqsadida eng past 5% baholarni chetlashtirishni o‘z ichiga olgan. Natijalarni tahlil qilish statistik usullardan, jumladan, o‘rtacha qiymatlar va standart chetlanishni hisoblashni o‘z ichiga olgan, bu reytinglardagi o‘zgarishlarni va baholarning bir xilligini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari taklif etilgan tartibning samaradorligini tasdiqladi va bu tartibning baholarning aniqligini va ta’lim jarayonining sifatini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatdi. Taklif etilgan metodika ta’lim amaliyotiga keng miqyosda joriy etish potensialiga ega.