BORIS PASTERNAK SHE’RIYATIDA BAHORNING BADIIY TALQINI MASALASI

she’r, mavzu, detal, matn, lirik subyekt, lirik struktura, badiiy tasviriy vositalar.

Mualliflar

##submission.downloads##

Maqolada ulug‘ shoir Boris Leonidovich Pasternakning bahor mavzusidagi she’rlari tahlilga tortilgan. Bunda taniqli adabiyotshunoslar L.Ozerov, A.Jolkovskiy, J.Farino, V.Alfonsov kabilarning shoir ijodi haqidagi monografik ishlariga murojaat qilindi va ishning metodologik asosi belgilab olindi. Shoir she’rlari struktural jihatdan tahlil etildi. Shoir ijodiga, xususan, uning bahor mavzusidagi ba’zi she’rlarida turli mavzuga oid detallardan faol foydalanilgan. Ammo ular mazmuniy tarqoqlik emas, balki ularning barchasi yaxlit tizimga biriktirilib, aniq maqsadga yo‘naltilgan. Bu esa muallif iste’dod hamda nozik fikrlash tarzidan dalolat beradi. Ayniqsa, qushlar sayrashi, musiqiy ohang va charx detallari orqali yagona kompozitsiya, mazmuniy struktura hosil qilgani ochib berildi. Maqola oxirida tahlildan to‘plangan bilim va tajribalar tizimlashirilib, aniq xulosa tarzida sanab ko‘rsatildi.