YEVROPA ITTIFOQI MIGRATSIYA SIYOSATI TAJRIBASINING MDH MINTAQASI UCHUN AHAMIYATI

Yevropa Ittifoqi, migratsiya, MDH davlatlari, YeOII.

Mualliflar

  • Dilshod MUYDINOV Oʻzbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi, s.f.b.f.d, dotsent, Uzbekistan

##submission.downloads##

Global migratsiyaning oʻsishi immigratsiya masalalarini kundan kunga dolzarb ahamiyat kasb etishini taʻminlamoqda. Migratsiya - zamonaviy dunyo tartibining holatini tavsiflovchi ijtimoiy hodisa. Migratsiyaga intilish insonga xos boʻlgan va insoniyatning uzoq tarixida bir necha bor kuzatilganiga qaramay, zamonaviy migratsiya oqimlarining misli koʻrilmagan koʻlami hayratlanarlidir. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va dunyoning ayrim mintaqalaridagi geosiyosiy beqarorlik migratsiya jarayonlarining jamiyat va davlatlarga taʻsirining keng miqyosda kuchayishiga sabab boʻlmoqda. Yevropa Ittifoqining olib borgan siyosati natijasi ishonchli tarzda chet el ishchi kuchidan foydalanish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Tashqi muhojirlar oqimi mehnatga layoqatli aholining kamayishini qoplash imkonini beradi va shu orqali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash fondlarini toʻldirishni taʻminlaydi. Yevropa Ittifoqida milliy va mintaqaviy miqyosda amalga oshirilayotgan yuqori malakali kadrlar va ijodkor yoshlarni jalb qilish siyosati inson kapitalining oʻsishiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli migratsiya siyosati olib borilgan taqdirda, iqtisodiy inqirozlarning salbiy oqibatlarini yumshatish mumkin. Shu bilan birga, migratsiya baʻzan turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy muammolarga sabab boʻlishi va xavfsizlik sohasiga putur yetkazishi bilan tavsiflanishini koʻrishimiz mumkin. Maqolada Yevropa Ittifoqi migratsiya siyosatining MDH davlatlariga ahamiyati, bu davlatlarning migratsiya borasida siyosati qanday, migratsiya jarayonidagi oʻrni va ushbu davlatlar aholisi migratsiyani amalga oshiradigan asosiy hudud qayer va buning sabablari koʻrib chiqilgan.