BRENDINGNI TARGʻIB QILISHDA DIGITAL PR VOSITALARI

Raqamli PR, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli strategiyalar, aloqa oʻrnatish, biznesda muvaffaqiyat.

Mualliflar

  • Aziza ASLANOVA
    aziamir17@gmail.com
    Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan

Insonlarning kundalik hayotida internetning rivojlanib borayotgan bir davrda raqamli PR dan foydalanish talabi ham ortib bormoqda.  Kompaniyalar oʻz mahsulotlarini reklama qilish va sotish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari lozim, sababi raqamli PR biznes yuritish uchun juda muhimdir. Raqamli iqtisodiyot sharoitida brend aloqalari uchun raqamli vositalardan foydalanish zarurati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Brend aloqasining mohiyati bir xil boʻlib qolishiga – ramzlar orqali isteʼmolchi bilan maʼlumot almashish va brendning ijobiy imidjini shakllantirishga qaramasdan, bunday almashuv jarayonining mazmuni tubdan farq qiladi. Raqamli PR ning samaradorligi brendning kommunikativ faolligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada raqamli PR misolida tovarlar va xizmatlarni ilgari surish va sotishga marketing vositalari va kanallari o’rni koʻrib chiqiladi.