DESTRUKTIV EMOTSIONAL HOLATLAR – PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA

Shaxs, emotsiyalar, destruktiv emotsional holatlar, emotsional buzilish, emotsional komponent, xavotirlanish, frustratsiya, agressiya, rigidlik

Mualliflar

Emotsional-psixik holatlar hayotiy faoliyat davomida paydo bo‘lib, nafaqat, axborot-energiya (funksional holat) almashuvi, balki xulqatvor yo‘nalishini ham belgilaydi. Emotsiyalar organizmning funksional holatini va shaxs faoliyatini tartibga solishning asosiy mexanizmlaridan biridir. Psixologiyada bir qator kuchli, chuqur emotsional holatlarga oid tavsif va tadqiqotlar mavjud: qayg‘u, affekt, umidsizlik, tashvish, tajovuz, qo‘rquv, vahima, apatiya va boshqalar. Bu kabi destruktiv emotsional holatlar – murakkab hayotiy vaziyatni individual idrok etish, shaxsiy moslashish jarayonining mutanosib kelmasligi natijasida yuzaga keladigan ehtiyojlarni qondirishning buzilishi bilan bog‘liq tajribadir. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – destruktiv emotsional holatlarni psixologik fenomen sifatida tahlil etishdan iborat.