CHET TILLARNI ERTA YOSHDA O‘RGANISHNING AFZALLIKLARI

Chet tilini o‘zlashtirish, erta bolalik davridagi ta'lim, kognitiv rivojlanish, ko‘p tillilik, madaniy xabardorlik, akademik yutuqlar, tilni singdirish.

Mualliflar

  • Vasila MAMADAYUPOVA Senior lecturer of Foreign Languages Department,Tashkent state university of law, Uzbekistan

Erta yoshda chet tillarini o‘rganish bolaning har tomonlama, xususan, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada chet tillarini erta yoshdan o‘rganishning qator afzalliklari to’g’risida ma’lumot beriladi. Shuningdek, keng qamrovli adabiyotlarni o‘rganish orqali masala yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi va ularda qo‘llanilgan metodologiyalar, ularning ta'lim siyosati va amaliyotiga ta'siri yuzasidan qilingan tahlillar xususida so’z yuritiladi. Ushbu tahlillar shuni ko‘rsatadiki, chet tillarini erta
yoshdan o‘rgangan bolalarda muammoni hal qila olish xususiyatlari, turli vazifalarni bajarish qobiliyatlari boshqa bolalarga nisbatan kuchli ekanligi kuzatiladi. Bu holatlar o’z o’rnida bolaning ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.