YOR-YOR QO‘SHIQLARINING AREAL XUSUSIYATLARIGA KO‘RA TASNIFLANISHI

areal, marosim, hudud, kelin, nikoh to‘yi, urf-odat, lirik, motiv, xalfa

Mualliflar

Ushbu maqolada turli hududlarda ijro etib kelinayotgan Yor-yorlarning areal xususiyatlari, ijro farqlari, urf-odatlar bilan bog‘liqligi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. Yor-yor janrini hududlarga bo‘lib o‘rganishda ba’zi areal tarqalishini ham hisobga olish lozim. Chunki ular bir viloyatda, tuman va qishloqda ham turli ko‘rinishga ega bo‘lib, shevasi, toponim belgisi va ohang o‘zgaradi. Unda qo‘shiqning ijro o‘rni, ijro usuli, urf-odat va biron udum yoki marosim bilan bog‘liqligi, obrazlar tavsifi, musiqaga munosabati, aholining etnik tarkibi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.