O‘ZBEK TILIDA SO‘Z BIRIKMALARI TASNIFI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI

So‘z birikmasi, sodda, murakkab, otli va fe’lli so‘z birikmalari, tasnifi, formal-funksional, sistem-struktur, substansial tahlil usullari, shakliy, mazmuniy, joylashuv omillari, sintaktik aloqa, munosabat turlari, moslashuv, boshqaruv, bitishuv usullari.

Mualliflar

  • Abdurahmon MADAMINOV Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.n, Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek adabiy tilidagi so‘z birikmalarining tasnifi va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritiladi. So‘z birikmalarining o‘rganilishi, tuzilishi va hokim komponentining ifodalanishiga ko‘ra tasnifi yoritilgan. Sodda va murakkab so‘z birikmalarining turlari, ifodalanishi hamda taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Hozir o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalari sintaksisi formal-funksional tahlil asosida shakllangan usul bilan birga sistem va substansial tahlil yo‘nalishi natijasida shakliy, mazmuniy va joylashish omillari yordamida chuqur o‘rganilmoqda. Demak, so‘z birikmalari tasnifi o‘zbek tilshunosligining keyingi yutuqlari bilan birga o‘rganilsa katta samara beradi.