INTEGRATSIYALASHGAN TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

ingliz tilini o‘qitish, integratsiyalashgan texnologiya, sun’iy intellekt, virtual olam, raqamli o‘yinlar, mobil ilovalar, tilni o‘zlashtirish, tilni bilish

Mualliflar

Ushbu maqolada integratsion texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, virtual olam, raqamli o‘yinlar va mobil ilovalarning ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati borasidagi tahlilar ochib berilgan. Texnologiyalar orqali tilni o‘rganish va uni qo‘llash yanada oson va samarali bo‘ladi va texnologiya uni qay tarzda to‘g‘ri qo‘llash vositalarini o‘rgatadi. Ingliz tilini o‘qitishda integratsion texnologiyadan foydalanish tilni yanada chuqur va samarali o‘rgatishga yordam beradi, bu esa talabalarning malakasini tezroq va aniqroq oshirish imkonini beradi. Maqolada til o‘rgatishda texnologiyalarning afzalliklari va ularni qo‘llanilishi, jumladan, immersiv va interaktiv tajribalar uchun virtual olam, shaxsiylashtirilgan fikr-mulohazalar va aloqa simulyatsiyalari uchun sun’iy intellekt, til o‘rganish motivatsiyasi, ishtirok etish va jalb qilish uchun raqamli o‘yinlar va moslashtirilgan hamda individuallashtirilgan tajribalarni o‘rganishda mobil ilovalar ahamiyati haqida muhokama qilinadi.