SODDA GAPNING LISONIY STRUKTUR TAHLILIDA AKTANTLAR IYERARXIYASI

Substansiallik, valentlik, aktant, gap kengaytiruvchisi, so‘z kengaytiruvchisi, modal gap kengaytiruvchisi

Mualliflar

Mazkur maqolada sodda gaplarda markaz qurshovlilik munosabatining voqelanishi, gapning lisoniy-sintaktik qurilishida so‘zlar valentligini tahlil qilish orqali aktantlarning gap qurilish sathidagi vaziyati aniqlashtiriladi. Tilshunoslikdagi pog‘onaviylik tamoyiliga asosan dastlabki bosqichda qurshov vazifasini bajargan bo‘lak, ya’ni markaziy bo‘lak sanalgan kesimning morfologik ko‘rsatkichi [Pm] bilan valentlik hosil qilgan gap kengaytiruvchisi yoki kesim leksemasi [W]ga bevosita tobelangan so‘z kengaytiruvchisining keyingi bosqichda mos ravishda o‘z so‘z kengaytiruvchilari bilan kengayib markaz mavqeyida kelishi shajara daraxti (UD)da o‘zbek nutqidagi gaplar misolida tahlil qilinadi