YOZUVDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHNING AHAMIYATI

og‘zaki nutq, til o‘rganish, nutq, yozuv, ravon nutq, grammatik qurilmalar, ona tili ta’limi, kommunikativ savodxonlik.

Mualliflar

Ona tili darsligiga qo‘yiladigan asosiy talab o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini oshirish, to‘g‘ri va ravon so‘zlashni o‘rgatishdan iborat. Nutq bolalarda tug‘ilganidan toki maktabga chiqqunicha ota - onasi, yaqinlari va atrof -muhit ta’sirida shakillanadi. Maktabga chiqqanidan keyin esa til o‘rganishning mantiqiy davomi sifatida ona tili darsligi orqali davom ettiriladi. Maqolada shu mazmundagi, ya’ni o‘quvchilarning nutqiga qo‘yiladigan talablar va maktabda o‘qituvchi tomidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar va tavsiyalar berilgan. Bolalar yozuvni to‘g‘ri yozishi uchun aniq va ravon nutq va grammatik
qurilmalardan to‘g‘ri foydalanishi zarur bo‘ladi. Grammatik qurilmalarni yaxshi bilishi bolani gaplarni to‘g‘ri tuzishda va yozuvda har qanday xatodan xoli yozishga yordam beradi. Ona tili ta’limini oldiga qo‘yilgan muhum vazifa o‘quvchilarning tog‘ri fikrlashga, o‘zgalar fikrini tinglab tushunib shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat