XIX ASR OXIRIDA AFG‘ONISTON HAQIDA TO‘PLANGAN MA’LUMOTLAR TAHLILI

Markaziy Osiyo, mustamlakachilik, Buyuk Britaniya , Rossiya Imperiyasi, Afg’oniston, Ost – Indiya, J.Older, Maunnstyuart Elfinstaun, Shujo ul-Mulk, Buyuk ipak yo‘li, Ch.Kristi, U.Murkroft, Trebek, Frezer, Stirling, Konolli, Ch.Messon, A.Byorns, E.L.Shteynberg, P. Lord

Mualliflar

  • Yulduz AKRAMOVA O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti, PhD , Uzbekistan

XIX asrning eng muhim xalqaro muammolaridan biri bu “Markaziy Osiyo” masalasi edi. Natijada butun asr mobaynida Markaziy Osiyo Angliya va Rossiya o‘rtasidagi baxsga sabab bo‘ldi. Oqibatda XIX asr oxiriga kelib bu ikki imperialistik davlatlar o‘rtasidagi inqiroz kattalashib uzoq davom etgan siyosiy mojaroga aylandi. Asosiy muammo mustamlakachi mamlakatlar o‘rtasida hali bo‘lib olinmagan hududlarni egallab olish uchun bo‘layotgan kurash edi. Bu kurashda XIX asr kapitalistik tizim rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rinadi. Angliya va Rossiyaning hukmron doiralari Markaziy Osiyodagi tajovvuzkor harakatlarini oqlash, ushbu mintaqaning ma'lum qismlariga o‘z huquqlarini asoslash uchun ko‘plab jiddiy dalillarni topdilar. Markaziy Osiyoda ikkala davlatning siyosati qandaydir niqoblar ostida olib borilgan bo‘lmasin, uni amalga oshirish uchun har qanday bahonalar ishlatilgan bo‘lsa ham, bu siyosat mohiyati tajovuzkor mustamlakachilik edi