FORS TILIDAGI SON SO‘ZLARGA TUSHGAN LEKSEMALARNING MAVZUIY TASNIFI HAQIDA

Sanoq so‘zlari, sonlar, o‘lchov so‘zlari, sanoq so‘zlarining tasnifi, universal, eron tilshunoslari

Mualliflar

  • Vazira HAMIDOVA, Tashkent State University of Oriental Studies, Department of Translation Studies, Linguistics and International Journalism PhD student. , Uzbekistan

Til faoliyat mahsuli sifatida asrdan-asrga o‘tib boruvchi, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘ladigan ilg‘or mezon, ma’lum tarixiy me’yordir. Fors tilida so‘z sanash mavzusiga oid o‘zbek tilida ilmiy tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan. Fors tili boʻyicha yaratilgan ilmiy adabiyotlar ham rus va ingliz tillarida boʻlib, ular asosan fors tili grammatikasi va leksikologiyasi tahliliga bagʻishlangan. Bu maqolada fors tilidagi sanoq so‘zlariga oid leksemalarning mavzuiy tasnifi masalalari tahlil qilingan. Eron tilshunosligida sanoq so‘zlarini o‘rganish darajasi va sanoq so‘zlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini aniqlashda bunday tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.