SHARQ MUMTOZ POETIKASINING G‘ARB SHOIRLARIGA TA’SIRI

mumtoz she’riyat, qahramonlik, madaniyatlararo ta’sir, romantizm

Mualliflar

Adabiyot o‘z davrining madaniy, ijtimoiy va falsafiy kontekstlarini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lib xizmat qiladi. G‘arb va Sharq adabiyoti barcha davrlarda bir-biriga ta’sir ko‘rsatib kelgan. G‘arb mumtoz she’riyatining o‘ziga xos merosi bo‘lsa-da, unga Sharq mumtoz she’riyati ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatgan. Sharq va G‘arb adabiy an’analarining o‘zaro ta’siri qiyosiy adabiyotda muhim tadqiqot sohasi hisoblanadi. Ushbu maqolada Sharq mumtoz she’riyatining taniqli G‘arb shoirlariga, xususan, Yoxann Volfgang fon Gyote, Aleksandr Pushkin va Lord Bayron ijodiga ta’siri o‘rganilinadi. Ularning asarlarini tahlil qilib, Sharq mavzulari, shakllari va falsafalarining G‘arb adabiy muhitiga ta’siri ochib beriladi.