QIPCHOQ LAHJASIDA TOVUSH SINGARMONIYASINING INGLIZ TILI TALAFFUZIGA TA’SIRI

Tovush singarmoniyasi, Qipchoq shevalari, Ingliz tili talaffuzi, Salbiy transfer, Fonetik tahlil, Dialektal farqlar, Til o‘rganish

Mualliflar

Surxondaryoda gaplashiladigan Qipchoq shevasida o‘ziga xos tovush singarmoniya shakllari mavjud bo‘lib, ular ingliz tili talaffuzini o‘rganish jarayoniga salbiy ta‘sir ko'rsatadi. Ushbu tadqiqot Qipchoq shevasida mavjud bo‘lgan tovushlar uyg‘unligi xususiyatlarining ingliz tili tovushlarni aniq talaffuz qilishda qanday qiyinchiliklar keltirib chiqarishini o‘rganadi. Qipchoq shevasining ona tiliga xos tovush uyg‘unligi xususiyatini ingliz tilida ham qo'llash natijasida talaffuz xatoliklari va o‘xshash tovushlarni ajratishdagi qiyinchiliklar yuzaga keladi. Boshqa shevalarda so‘zlashuvchi ingliz tili o‘rganuvchilari esa bu muammolarni uchratmaydi. Tadqiqot Qipchoq shevasidagi tovush tizimining batafsil tahlilini o‘z ichiga oladi va ingliz tilidagi talaffuz xatoliklariga misollar keltiradi.