ВЛИЯНИЕ НЕКОТОРЫХ ФАКТОРОВ НА КАТАЛИТИЧЕСКИЙ СИНТЕЗ ВИНИЛОВЫХ ЭФИРОВ КАРБОНОВЫХ КИСЛОТ

виниловые эфиры, реакции винилирование, гетерогенный катализ, карбоновые кислоты, пеларгоновая кислота, энантовая кислота, валериановая кислота, катализатор, оксид алюминия, активированный уголь

Авторы

  • Саида МУРАТОВА Национальный Университет Узбекистана преподователь кафедры «Общей и нефтегазовая химия», Узбекистан
  • Суванкул НУРМАНОВ Национальный Университет Узбекистана д.т.н., профессор кафедры «Общей и нефтегазовая химия» , Узбекистан

Pelargon, enant va valerian kislotalarning vinillash reaksiyalari hamda katalizatorlar tabiati va haroratning geterogen katalitik vinillash jarayoniga ta’siri o‘rganildi, barcha hollarda ularning vinil efirlari hosil bo‘lishi aniqlandi. Katalizator sifatida rux asetat, kadmiy asetat, alyuminiy oksidi va faollangan ko`mirga shimdirilgan tanlangan karbon kislotaning ruxli tuzi ishlatiladi. Tadqiqot ma'lumotlariga asoslanib, alyuminiy oksidi faollangan ko`mirga qaraganda katalizator tashuvchisi sifatida faolroq ekanligi kuzatiladi. Buning sababi, alyuminiy oksidi nafaqat tashuvchi, balki katalizator faollashtiruvchisi vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari, har bir karbon kislotaning ruxli tuzi ushbu kislotaning vinillash uchun faol katalizator ekanligi aniqlandi. Karbon kislotalarning vinillanishini o'rganish asosida alifatik karbon kislotalarning molekulyar og'irligi oshishi bilan ularning vinil efirlarining unumi sezilarli darajada kamayishi aniqlandi. Valerian kislota enant va pelargon kislotalarga qaraganda faolroq. Ularning vinil efirlarining unumi mos ravishda 57,2%, 63,4% va 79,3% ni tashkil qiladi