IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA O’ZBEKISTONDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH

Sovet hokimiyati, chorvachilik, ikkinchi jahon urushi, xalq xo‘jaligi, yilqichilik, qoramollar, yaylovlar, yer ozuqasi.

Mualliflar

Jahon miqyosida xalq xo‘jaligining turli sohalari, xususan, oziq-ovqat hamda sanoatda xomashyoga bo‘lgan talab o‘sib bormoqda. Chorvachilik tarmog‘i rivojlangan Avstraliya, Kanada, Kuba, Gollandiya, Rossiya kabi davlatlar iqtisodiyotida ham bu soha tayanch hisoblanib, mamlakat eksportining katta ulushini qamrab olganligi sohaga bo‘lgan munosabatning ahamiyatini oshirmoqda. Ayni paytda chorvachilik sohasiga e’tiborning kuchayishi aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashga hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy sharoit yaratmoqda. Mazkur jarayonda xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarning keng amaliyotga joriy etilayotganligi jamiyat taraqqiyotining muhim garovi sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotning maqsadi ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekiston SSRda chorva mahsulotlarini qayta tayyorlash va sohada yuz bergan o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat. Maqola tarixiylik, tizimlilik, xolislik tamoyillari hamda muammoga sivilizatsion yondashuv, qiyosiy va muammoviy – xronologik tahlil usullaridan foydalanilgan xolda yozilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning chorvachilik sohasiga ta’siri tarixshunoslikda ilk bor sovet yillari doirasida o‘rganilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; O‘zbekiston SSRda chorvachilik tarixiga doir arxiv hujjatlari, statistik ma’lumotlar va davriy matbuot materiallarini aniqlash, qiyosiy tahlil qilish asosida hududda mazkur tarmoq tarixini o‘rganishning nazariy konseptual asoslari ishlab chiqilgan