GENETIK MUHANDISLIK VA BIOETIKA: ODAM DNK’SI BILAN MANIPULYATSIYA QILISHNING AXLOQIY ASOSLARI

Genetik muhandislik, bioetika, CRISPR-Cas9, inson genomini manipulyatsiya qilish, axloqiy asoslar, genetik manipulyatsiya, ijtimoiy tengsizlik, xalqaro qonunlar, genetik kasalliklar, tibbiyot.

Mualliflar

  • Aziza MAXMUDOVA, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri, PhD, professor, Uzbekistan

Ushbu maqolada genetik muhandislik va bioetika sohalarining kesishgan nuqtasi ko‘rib chiqiladi. Inson DNK’si bilan manipulyatsiya qilishning imkoniyatlari va shu bilan birga yuzaga keladigan axloqiy muammolar tahlil qilinadi. Genetik muhandislik texnologiyalari tibbiyotda katta imkoniyatlar yaratgan bo‘lsa-da, ularning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Maqola, bu texnologiyalarni qo‘llashda bioetik tamoyillar, ijtimoiy tengsizliklar va inson huquqlarini hurmat qilish zarurati haqida fikr yuritadi. Shuningdek, genetik manipulyatsiya texnologiyalarining xavfsiz va axloqiy qo‘llanilishi uchun xalqaro miqyosda meyorlar va tartibga solish zarurati ta’kidlanadi.