O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH HOLATI TAHLILI

Raqamli texnologiyalar, elektron hukumat, “Raqamli-O‘zbekiston-2030”, raqamli iqtisodiyot.,

Mualliflar

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayoni, uning natijalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Xususan, davlat tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarning hozirgi holati, ularning sifati hamda qulayligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada "my.gov.uz" portali, "Dmed" tibbiy raqamlashtirish tizimi va "emaktab.uz" ta’lim platformasi kabi elektron xizmatlarning samaradorligi, aholining ularga bo‘lgan munosabati va foydalanish darajasi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan, internet infratuzilmasining rivojlanishi, raqamli savodxonlik, kiberxavfsizlik va davlat xizmatlarining integratsiyalanish darajasi kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda respublikaning ochiq manbalaridan olingan ma’lumotlar asosida tahliliy yondashuv qo‘llanilgan bo‘lib, raqamli xizmatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim taklif va yechimlar keltirilgan.