O‘ZBEK XALQINING XO‘JALIGIDA O‘SIMLIKLAR BILAN BOG‘LIQ UDUMLAR VA BILIMLAR (SURXON VOHASI MISOLIDA TARIXIY-ETNOGRAFIK TAHLIL)

Ko‘ztikan, hazar isfand, chinor, archa, tudona, don, mevali daraxtlar, bog‘, poliz ekinlari, Sayrob chinori tabiiy yodgorligi, Murch bobo masjidi, Tut ota.

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekistonning janubiy hududi hisoblanmish Surxon vohasi aholisi orasida qadimdan shakllanib kelgan o‘simliklar bilan bog‘liq udumlar, bilimlar va xalq qarashlarining xususiyatlari o‘rganildi. Xususan, aholi orasida afsonaviy va fetish ahamiyatga ega bo‘lgan yovvoyi o‘simliklar (ko‘ztikan, hazar isfand, chinor, archa, tudona va boshqalar), madaniy o‘simliklar (don, mevali daraxtlar, bog‘ va poliz ekinlari), hududdagi o‘simliklar bilan bog‘liq geografik nomlar (Sayrob chinori tabiiy yodgorligi, Murch bobo masjidi, Tut ota va boshaqalar) dala tadqiqotlari, ilmiy adabiyot va manbalarga asoslanib tarixiy-etnografik jihatdan tahlil etildi.