NEMIS TILIDA QO‘SHMA OTLARNING STRUKTUR TAHLILI (TABIAT HODISALARINI IFODALOVCHI OTLAR MISOLIDA)

So‘z yasalishi, kompozitsiya, derivatsiya, qisqartma so‘zlar, qo‘shma so‘zlar, determinativ kompozitsiya, egalik kompozitsiya, kopulyativ kompozitsiya, predlogli kompozitsiya, semantik tahlil, struktur tahlil, nemis tili, leksikologiya, morfologiya, qo‘shma otlar

Mualliflar

Mazkur maqolada nemis tilidagi so‘z yasalish jarayoni va uning so‘z boyligini kengaytirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqotda so‘z yasalishning asosiy turlari – kompozitsiya, derivatsiya va qisqartma so‘zlar tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompozitsiyaga, ya’ni qo‘shma so‘zlarga qaratilib, ularning semantik va struktur xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Determinativ, egalik, kopulyativ va predlogli kompozitsiyalar misollar bilan yoritilib, ularning sintaktik va semantik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari nemis tilidagi qo‘shma otlarning tuzilishi, ularning tarkibiy qismlari va ma’no hosil qilish xususiyatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.