XX ASRNING 60-70-YILLARIDA O‘ZBEKISTON SSRDA CHORVACHILIK HOLATI

Sovet hokimiyati, chorvachilik, ikkinchi jahon urushi, xalq xo‘jaligi, yilqichilik, qoramollar, yaylovlar, yer ozuqasi.

Mualliflar

Qadimdan chorvachilik aholining kundalik ehtiyoj mollariga bo‘lgan talabni qondirgan va hunarmandchilikning ayrim tarmoqlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Sovet davrida chorvachilik aholi uchun oziq-ovqat va yengil sanoat uchun xomashyo beradigan asosiy manbalardan biri bo‘lib qolgan. 1960-1970-yillarda chorva mahsulotlarini olish va ularni qayta ishlash jarayoni turlicha kechdi. Jumladan, 1950-yillarda bu yo‘nalishga e’tibor ko’proq berila bo‘lib, 1970-yillarga kelib go‘sht, sut, teri, chorva ichaklari hamda boshqa mahsulotlarni ko‘paytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirila boshladi. Maqolada shular haqida mulohaza qilinadi.