ZARAFSHON VODIYSI QUYI QISMI AGROSYeNOZLARIDA YOMGʻIR CHUVALCHANGI APORRECTODEA CALIGINOSA CALIGINOSA TURINING TARQALISHIGA TUPROQ MUHIT OMILLARINING TAʼSIRI

Zarafshon vodiysi, Aporrectodea caliginosa caliginosa, Buxoro, Navoiy, agrosenozlar, tanasining uzunligi, tuproq namligi, maksimal taʼsir.

Mualliflar

  • Alimardan RAXMATULLAYEV Qarshi davlat universiteti dotsenti , Uzbekistan
  • Xusniddin BOYMURODOV Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori , Uzbekistan
  • Yunus PARDAYEV Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali katta o‘qituvchisi , Uzbekistan
  • Malika XAFIZOVA Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti magistranti , Uzbekistan

Tadqiqotlar natijasida Zarafshon vodiysi quyi qismi agrosenozlarida tarqalgan Aporrectodea caliginosa caliginosa yomgʻir chuvalchangining tarqalishiga abiotik omillarning taʼsiri katta ekanligi taxlil qilindi. Aporrectodea caliginosa caliginosa – Buxoro va Navoiy shaxriga yaqin xududlardagi agrosenozlarda tarqalgan boʻlib tur tanasining oʻrtacha uzunligi 122-146 mm. gacha boʻlishini va diametri 5-6 mm. ekanligini aniqlandi. Agrosenozlarda tuproq namligining oʻzgarib turishi yomgʻir chuvalchanglariga maksimal taʼsir koʻrsatishi kuzatildi.Tuproqdagi abiotik omillarning taʼsiri natijasida yomgʻir chuvalchanglari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga kuchib oʻtishi koʻzatildi.