O‘ZBEK ROMANLARIDA URUSH MAVZUSINING BADIIY TALQINI
##submission.downloads##
Mazkur maqolada o‘zbek romanlarida urush mavzusining badiiy talqini tahlil etiladi. Mualliflar urushni faqat tarixiy voqea sifatida emas, balki inson ruhiyati, axloqiy tanlovlari va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq murakkab jarayon sifatida tasvirlaganlar. Oybek, Pirimqul Qodirov va Erkin A’zam kabi adiblar ijodi asosida urush obrazining o‘zgarishi, realistik va falsafiy yondashuvlar yoritiladi. Maqolada obrazlar tahlili, uslubiy xususiyatlar hamda mavzuning davrlar kesimidagi rivoji ilmiy nuqtai nazardan o‘rganiladi. O‘zbek adabiyotida urush mavzusi XX asrning o‘rtalaridan boshlab muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqining hayotida chuqur iz qoldirgan voqea sifatida nafaqat tarixiy xotira, balki badiiy ijodda ham keng aks etgan. Adiblar urushning ko‘rinishlarini turli rakurslarda yoritib, insoniy fojialar, ma’naviy iztiroblar va xalq jasoratini tasvirlashga intildilar. Ushbu maqolada o‘zbek romanlarida urush mavzusi qanday badiiy vositalar orqali ifodalanganiga e’tibor qaratiladi.
Узбекские романы, тема войны, художественная интерпретация, Айбек, Пиримкул Кадыров, человеческая психология, историческая память, нравственный выбор, литературный образ.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..






.jpg)

.png)





