SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA IJODKOR OBRAZI TALQINI

ijodkor, iste’dod, xarakter, portret, psixologizm, obraz, tafakkur, uslub, monolog.

Mualliflar

##submission.downloads##

Mazkur ilmiy maqolada bugungi kunda ijodkor obrazining badiiy talqinida psixologizm va uning xususiyatlari muhim o‘rin tutishi borasida atroflicha fikr yuritilgan. Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot asosida hayot haqidagi xulosalarni qog‘ozga tushiradi. Shuning uchun har bir tirik asarga yozuvchining dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tasvirlangan ijodkor obrazlarini psixologik metod asosida tahlilga tortdik va bu asarlarda ijodkor obrazi qay tarzda tasvirlanganligi, adibning portretdan foydalanish uslublari, qahramon dunyoqarashi, xarakteri va bu xarakterlarni shakllanishida ijtimoiy sharoit, ijtimoiy muhit ta’siri qay darajada ekanligini, mustaqillik davri nasrida ijodkor obrazi qanday qiyofada tasvir etilganligini kuzatdik. Hikoya qahramonlari xarakterini ochishda adib ijtimoiy muhit va ijtimoiy sharoit tasvirini beradi. Ijtimoiy muhitning ijodkor dunyoqarashiga ta’sir etishini turlicha baholaydi.