AXBOROT MUHITINING YOSHLAR IJTIMOIY NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Axborot muhiti, yoshlar, ijtimoiy normalar, psixologiya, axborot texnologiyalari.

Mualliflar

Ushbu maqola axborot muhitining yoshlar ijtimoiy normalari shakllanishiga ta’sirining psixologik jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada axborot muhitining yoshlarning kognitiv, psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi. Yoshlar axborot texnologiyalarini, ijtimoiy tarmoqlarni va ommaviy axborot vositalarini qanday qabul qilishlari va bu ma’lumotlar asosida o‘z ijtimoiy normаlarini qanday shakllantirishlari muhokama qilinadi. Maqolada, shuningdek, axborot muhitining yoshlarning xulq-atvori, qadriyatlari, madaniy qarashlari va o‘z-o‘zini anglashidagi o‘rni ta’kidlanadi. Ijobiy va salbiy ta’sirlar tahlil qilinib, axborot oqimining yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni bilan qanday bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Maqola yoshlarning axborotdan ongli foydalanishini ta’minlash, salbiy ta’sirlarni kamaytirish va ularning ijtimoiy normalarini shakllantirishda jamiyatning o‘rni va ahamiyatini aniqlashga qaratilgan