SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING BIOLOGIK TIKLANISHI: HOLAT VA ISTIQBOLLAR

Tuproq shoʻrlanishi, oʻsimlik hosildorligi, rizosfera, galofil mikroorganizmlar, oʻsimlik-bakteriya munosabatlari

Mualliflar

  • Ma’rufbek ISOQULOV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Husniddin KARIMOV, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, PhD, Uzbekistan
  • Zoir SHAKIROV, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti professori, b.f.d, Uzbekistan
  • Xurshida HAMIDOVA, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n, Uzbekistan

Mazkur tahliliy maqolada sho‘r tuproqlarda yashovchi galofit o‘simliklarga xos bo‘lgan mikroorganizmlar, xususan, rizosfera va endofit bakteriyalarining o‘simlik o‘sishidagi va tuproq unumdorligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Bakteriyalarning fitogormon ishlab chiqarishi, ozuqa moddalarning biotayyor shakllarini taqdim etishi, shuningdek, sho‘r stressga qarshi induksiyalangan chidamlilikka qo‘shadigan hissasi zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada galofitga mos mikroblar asosida ekologik toza bioo‘g‘itlar yaratish istiqbollari ham muhokama qilinadi.