Tabiiy fanlar

OG‘IR IONLAR TERAPIYASIDA QOLDIQ RADIOAKTIVLIK VA XODIMLARNING NURLANISHI: MODELLASHTIRISH USULI YORDAMIDA TADQIQOT

Ion radioterapiyasi, Indusiralangan radioaktivlik, Monte-Karlo simulyatsiyasi, Radionuklidlar.

Mualliflar

Ogʻir ionlardan foydalanilgan ionli radioterapiya yuqori aniqlikdagi davolashni taʼminlaydi, biroq u tibbiyot xodimlari uchun nurlanish manbayi boʻlishi mumkin boʻlgan qoldiq radioaktivlik bilan kechadi. Ushbu ishda FLUKA kodidan foydalangan holda Monte-Karlo modellashtirish yordamida ionli davolash xonasida qoldiq radioaktivlikning tahlili oʻtkazildi. Tadqiqot qisqa muddatli va uzoq muddatli nurlanish stsenariylarini oʻz ichiga olib, xodimlarga boʻlgan radiatsion taʼsirni baholashga qaratilgan. Natijalar koʻplab radionuklidlarning hosil boʻlishini koʻrsatdi, bu esa ion terapiyasi markazlarida kasbiy nurlanishni kamaytirish va xavfsizlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni taklif qilishga imkon berdi.