Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MILLIY KURASH SPORT TURI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

sport ta’limi, metodika, takomillashtirish, individuallashtirish, pedagogik texnologiyalar

Mualliflar

  • Aziza AMINOVA O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi , Uzbekistan

Mazkur maqolada milliy kurash yo‘nalishida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Unda sportchilar va murabbiylarning malakasini oshirish, ularning kasbiy hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, mashg‘ulot metodlari va bosqichli tayyorgarlik konsepsiyalarining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotda milliy kurashning bugungi rivojlanish holati hamda mavjud muammolar o‘rganilgan. Taklif etilgan metodik yondashuvlar eksperimental tadqiqotlar natijalariga tayangan holda murabbiylik faoliyatining samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, maqolada milliy kurash sport turining o‘ziga xos jihatlari yoritilgan bo‘lib, sportchilarning texnik-taktik, psixologik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ham taqdim etilgan.