Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOLALARDA KITOBXONLIK XUSUSIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI: XALQARO VA MILLIY YONDASHUVLAR

Kichik maktab yoshi, kitobxonlik, o‘quv faoliyati, motivatsiya, psixik rivojlanish, mantiqiy fikrlash, yosh xususiyatlari, empatiya, ijtimoiy rivojlanish, kognitiv va emotsional rivojlanish.

Mualliflar

Mazkur maqolada bolalarda kitobxonlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayoniga ta’sir etuvchi psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy omillar chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy ilmiy adabiyotlarda kitobxonlikning bola tafakkuri, emotsional holati va ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri bilan bog‘liq yondashuvlar yoritiladi. Shu bilan birga, o‘zbek pedagog va psixologlari tomonidan ilgari surilgan ilmiy qarashlar tahlil qilinib, milliy va xalqaro yondashuvlar o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar ilmiy asosda solishtiriladi. Tadqiqot yakunida bolalarda kitobxonlikni rivojlantirishga oid samarali ilmiy-amaliy yo‘nalishlar va takliflar ishlab chiqiladi.