Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TARBIYAVIY MAVZUDAGI O‘ZBEK VA TOJIK XALQ MAQOLLARINING STRUKTUR TAHLILI

Struktura, sintaktik, elliptik konstruksiya, komponent, paremiologiya, sintaktik xususiyat, maqol, matal, qiyosiy tahlil, grammatik qurilish.

Mualliflar

Xalq hayotining maqol va matallarda aks etmagan birorta ham sohasi yo‘q. Unda nafaqat xalqning kundalik va ijtimoiy hayoti tajribasi jamlanmasi, balki uning an’analari, kechinmalari, psixologiyasi, yaxshilik, yomonlik, tabiat va uning hodisalari haqidagi tasavvurlari ham ifodalanadi. Ammo bunday boy va chuqur ma’no qisqa va badiiy sintaktik konstruksiyalar yordamida erishiladi. Shuning uchun unda ifodalangan fikr juda ta’sirchan va o‘tkir, obrazli bo‘ladi. Tarkibida ortiqcha deb hisoblangan so‘zlar tashlab yuboriladi va ular qisqalikning eng so‘nggi chegarasigacha yetkaziladi, shuningdek, stilistik jihatdan ham shakllanadi. Natijada, u so‘zlashuv tilidan ham, yozma adabiy tildan ham farq qiladigan, o‘ziga xos istisnolarga ega bo‘lgan tuzilmaga aylangan.