Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JAHON ADABIYOTIDA URUSH VA JANG TASVIRLARI YO‘QOTILGAN AVLOD KONSEPSIYASI

Urush tasvirlari, jang sahnalari, yo‘qotilgan avlod, realizm, postmodernizm, adabiy estetik, psixologik travma, ijtimoiy tanazzul.

Mualliflar

  • Shahlo QURBONOVA Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, PhD, Uzbekistan

Ushbu ilmiy maqola XX asr boshidagi keng ko‘lamli urush tajribalari va jang sahnalari orqali shakllangan “yo‘qotilgan avlod” tushunchasining adabiy ifodalanishini ko‘p qirrali metodologiya asosida tahlil etishga qaratilgan. Tadqiqotda urush tasvirlari, adabiy realizm va postmodernistik yondoshuvlar doirasida jang sahnalari orqali inson ruhiyatidagi travmalar, ijtimoiy tanazzullar va madaniy inqirozlar o‘rganildi. Adiblar tomonidan o‘z shaxsiy guvohliklari va tarixiy voqealarga asoslangan qat’iy realistik yondashuvlar orqali yaratilgan asarlar, insoniyatning eng murakkab azob-uqubatlari va mavjudlikning chuqur savollarini aks ettirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola, adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik va tarixiy tahlil metodlari yordamida, urush sahnalari orqali “yo‘qotilgan avlod” tushunchasining shakllanishi va uning ijtimoiy-madaniy kontekstidagi ahamiyatini yoritishga qaratiladi.