Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIL O‘RGANISHNING IKKI MUHIM OMILI: OLIY TA’LIM TALABALARINING TAJRIBASI

makon va muhit omillari, xorijiy til o‘rganish, formalistik yondashuv, gumanistik yondashuv, inklyuziv yondashuv

Mualliflar

Mazkur maqola xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ikki omil — o‘rganish makoni va sinf muhitini tahlil qilishga bag‘ishlangan. YA’ni, til o‘qitiladigan xonalarning qanday tashkil etilgani va sinfdagi umumiy muhit sifati o‘rganuvchilarning ruhiy holatiga, tilni o‘zlashtirishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada til o‘qitish bo‘yicha olib borilgan so‘nggi ilmiy tadqiqotlar asosida tahlilar beriladi hamda o‘rganish muhitini yanada qulaylashtirish, salbiy va xavotir uyg‘otuvchi holatlarning oldini olishga qaratilgan inklyuziv, ya’ni barcha o‘rganuvchilarni qamrab oluvchi yangi yondashuv va boshqaruv uslublari taklif etiladi.