Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IMPOSTER SINDROMINING PROFESSIONAL SOHAGA KO‘RA TAFOVUTLARINING EMPERIK O‘RGANILISHI

mposter sindromi, professional soha, sun’iy intellekt, xorijiy til, talablar.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda turli mutaxassislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar orasida imposter sindromi darajasidagi tafovutlar empirik jihatdan o‘rganildi. Jami 830 nafar respondent (N=830) tadqiqotda ishtirok etdi. Olingan natijalar imposter sindromi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mutaxassisliklar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi (H=16,80; p<0.01). Eng yuqori daraja MMT, BT (751,23), sun’iy intellekt (744,97) va mexanika (738,04) yo‘nalishlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich iqtisodiyot (597,52) mutaxassisligida kuzatildi. Ushbu natijalar imposter sindromining namoyon bo‘lishi o‘qish yo‘nalishi va kasbiy tanlov bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi