Ijtimoiy-gumanitar fanlar

"YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALARNING SINTEZI, TUZILISHI VA XOSSALARINI O‘RGANISHDA 3D MODELLASH VA VIRTUAL TEXNOLOGIYALARINING TADBIQ QILISHNING AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI"

3D va VR texnologiyalari, yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, virtual reallik, makromolekula, laboratoriya, vizualizatsiya.

Mualliflar

Ushbu maqolada yuqori molekulyar birikmalarning tuzilishi, olinishi, xossalarini o‘qitishda 3D va virtual texnologiyalar orqali vizualizatsiya va interaktiv tahlil imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada 3D va VR texnologiyalarining yuqori molekulyar birikmalar kimyosi ta’limidagi o‘rni, ularning samaradorligi, tadqiqot natijalari tahlil qilinadi. Bunday texnologiyalarning o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan yuqori molekular birikmalar kimyosi kabi sohalarda qo‘llanilishi ta’lim jarayonida talabaning tushunishni osonlashtiradi va fanga qiziqishini oshiradi. Ta’limda bunday texnologiyalarning kengroq joriy etilishi kelajakda fanni keng qamrovli va interaktiv o‘rganishga asos soladi.