Ijtimoiy-gumanitar fanlar

STEAM TA’LIMI ASOSIDA MAXSUS TA’LIM EHTIYOJIGA EGA BOLALARNING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

STEAM ta’limi, maxsus ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, inkluziv pedagogika, loyiha asosida ta’lim, innovatsion ta’lim texnologiyalari, gamifikatsiya, kognitiv rivojlanish, pedagogik shart-sharoitlar

Mualliflar

Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’limi konsepsiyasining nazariy-metodologik asoslari va uning maxsus ta’lim ehtiyojiga ega bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda STEAM konsepsiyasining nazariy va amaliy asoslari, uning inklyuziv ta’lim sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari hamda ijodiy fikrlashni shakllantirishdagi pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Maqolada loyiha asosida ta’lim, gamifikatsiya elementlari va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ijobiy ta’siri, shuningdek, bunday metodlarning maxsus ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish va kognitiv rivojlanishga ijobiy ta’siri ilmiy asoslarda bayon etiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar, STEAM faoliyatini rejalashtirish bosqichlari va dars jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.