Tabiiy fanlar

JANUBIY USTYURT HUDUDINING GEOLOGIK TUZILISHI VA STRATIGRAFIK XUSUSIYATLARI

Janubiy Ustyurt, geologik tuzilish, stratigrafiya, yura davri, bo‘r davri, neft-gaz salohiyati, litologiya, fatsiya.

Mualliflar

Ushbu maqolada Janubiy Ustyurt hududining geologik tuzilishi, stratigrafiyasi va litologik-fatsial xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot markaziy Ustyurt dislokatsiya tizimining janubiy yonbag‘rida joylashgan geologik kesmalar asosida, kon-geofizik tadqiqotlar, kern va shlam laboratoriya ma’lumotlari hamda qo‘shni maydonlar haqidagi ma’lumotlar tahlili orqali amalga oshirilgan. Natijalar hududdagi paleozoy, mezozoy va kaynozoy davri yotqiziqlarining qatlamlanishi, litologik tarkibi va qalinligi haqida aniq tasavvur beradi. Xususan, yuqori yura va quyi karbon davri yotqiziqlari neft-gaz hosil qiluvchi ona jins sifatida potentsialga ega ekanligi aniqlangan. Tadqiqot hududdagi depressiya va ko‘tarilma fatsiyalarini, shuningdek, neft-gaz konlarini baholash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.