Tabiiy fanlar

TOGʻ MASSIVINING DARZLIKLAR RIVOJLANGAN QATLAMLARIDA ELEKTROMAGNIT USULLARI MAJMUALARI ASOSIDA YER OSTI SUV MANBALARINI QIDIRISH

gidrogeologiya, toza yer osti suvlari, suv qatlami, zamonaviy elektrotomografiya, anizotropiya koeffitsiyenti, yer osti suvlari harakati strukturasi.

Mualliflar

Mazkur maqolada togʻ massivlarida, xususan, togʻ massivining darzliklar rivojlangan qatlamlarida elektromagnit usullari majmualari asosida yer osti suvlarini qidirish usullari tahlil qilinadi. Suv qatlamlarini aniqlashda qoʻllaniladigan zamonaviy elektrotomografiya hamda yoʻnaltirilgan elektromagnit zondlash usullari umumlashtirilib, ularning samaradorligi tahlil qilindi. Mavjud geologik va gidrogeologik sharoitlarni oʻrganish asosida yer osti suvlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan qidirish mehanizmi ishlab chiqildi.