Tabiiy fanlar

LANDSHAFTLARNI QISHLOQ XOʻJALIK MAQSADLARIDA BAHOLASH VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALALARI

tog‘oldi tekislik, konussimon yoyilma, landshaft, baholash, oziq-ovqat xavfsizligi, vegetatsion indeks.

Mualliflar

  • Bekzod , ESHQUVVATOV Samarqand davlat universiteti dotsenti, PhD, Uzbekistan
  • Ibrohim BEKQULOV, Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Mahmud MUMINOV, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, Uzbekistan

Maqolada landshaftlardan qishloq xoʻjalik maqsadlarida foydalanish, mavjud potensial imkoniyatlarini baholash va ularni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli Oʻrta Zarafshon havzasi togʻoldi tekislik va yoyilma landshaftlari misolida tahlil qilingan. Landshaftlarni qishloq xoʻjalik maqsadlarida baholashda tadqiq etilayotgan hududning geologik tuzilishi, relyef xususiyatlari, iqlimiy hamda gidrologik sharoiti, tuproq va tabiiy o‘simlik bilan qoplanganlik darajasi hamda aholi zichligini hisobga olgan holda kompleks baholash hamda rayonlashtirish ishlari amalga oshirildi.