Tabiiy fanlar

KOBALT(II) IONINING, 2-(4-IZOBUTILFENIL) PROPION KISLOTA BILAN KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA IQ-SPEKTROSKOPIYA TAHLILI

Гептагидрат сульфата кобальта(II), 2-(4-изобутилфенил)пропионовая кислота (ибупрофен), лиганд, элементный анализ, SEM-EDX, комплексное соединение, координационное число, анализ ИК-спектроскопии.

Авторы

  • Bekzod RAXIMOV Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti, Узбекистан
  • Shodlik HASANOV, Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari, Узбекистан
  • Oybek XUDOYBERGANOV Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi,PhD, Узбекистан

Maqolada kobalt(II)sulfatning, 2-(4-izobutilfenil) propion kislota (ibuprofen) bilan yangi kompleks birikmasi sintez qilingan va uning tarkibi, tuzilishi va ayrim kimyoviy xossalari fizik-kimyoviy metodlar: skanerlovchi elektron mikroskop-energiya dispersion tahlil (SEM-EDT), element analiz va IQ-spektroskopiya tahlili yordamida o‘rganilgan. Kompleks birikma hosil bo‘lishida, markaziy atom kobalt, ikkita molekula 2-(4-izobutilfenil) propion kislota qoldig‘i tarkibidagi karboksil guruhining kislorod atomi va ikkita suv molekulasi bilan o‘zaro bog‘lanib, koordinatsion soni 4 ga teng bo‘lgan kompleks birikmani hosil qilgan.