Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MILLIY SAYTLAR FAOLIYАTINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Internet, axborot xavfsizligi, saytlar, milliy segment, bloger, raqamli jamiyat, texnologiya, jamoatchilik fikri, destruktiv axborot, g‘oya, kadrlar, normativ hujjatlar, qonunchilik.

Mualliflar

  • Xusniddin BURXANOV O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi, sotsiologiya fanlari doktori, Uzbekistan

Mazkur maqolada jamiyatning barqaror taraqqiyoti talablariga mos holatda global internet tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Bu borada mamlakatning turli yo‘nalishlardagi zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish lozim ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, raqamli jamiyatda aholini ijtimoiy, iqtisodiy, jarayonlardagi maqsadi o‘rganilgan. Bundan tashqari, internet orqali jamiyatda turli g‘arazli ma’lumotlar paydo bo‘layotganligi ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga raqamli jamiyatda global internet tarmog‘ini tartibga solishda va axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolarni kelib chiqishiga qonunchilikdagi bo‘shlaqlar sabab bo‘layotganligi ochib berilgan. Global internet tarmog‘idagi milliy segment saytlarini rivojlantirishga qaratilgan muammolarni o‘rganishda ayni vaqtdagi nazariyalar tadqiq etilgan.