Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SAMARQAND-QARSHI IQTISODIY RAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (XX ASRNING 50-80 YILLARI MISOLIDA)

tog‘-kon sanoati, Fanlar akademiyasi, paxtachilik, uzumchilik, pillachilik, dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi, yalpi mahsulot, lalmi yerlar.

Mualliflar

  • Akmal MAMATQULOV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri, Uzbekistan

Maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiy va ma’muriy rayonlarni o‘rganish dolzarb masalaga aylangani bayon etiladi. Unda 1951-yilda ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlanadi. 1960–1980- yillarda sanoatni hududiy rivojlantirish va aholini ishlab chiqarishga jalb qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan. Olimlarning respublika hududini 6–7 iqtisodiy mintaqaga bo‘lish takliflari keltirilgan. Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayoni paxtachilik va uzumchilikka ixtisoslashgani aytiladi. O‘zbekiston elektrotexnika mashinasozligida Ittifoq miqyosida yetakchi bo‘lgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, og‘ir, yengil va kimyo sanoati tarmoqlari rivojlanib borgani yoritiladi. Har bir iqtisodiy rayon o‘zining tabiiy va mehnat resurslariga qarab ixtisoslashgani ta’kidlanadi.