BLUM TAKSONOMIYASI- BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUV MATERIALLARINI O‘ZLASHTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA
##submission.downloads##
Ushbu maqolada Bloom taksonomiyasining boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bloom taksonomiyasining uch asosiy domeni – kognitiv, affektiv va psixomotor yo‘nalishlari o‘quvchilarning bilim olish, hissiy-irodaviy rivojlanish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida muhim nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Xususan, kognitiv domen o‘quvchilarning bilimlarni eslab qolishdan boshlab ularni tahlil qilish va ijodiy qo‘llash darajasigacha olib chiqishini ta’minlasa, affektiv domen ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, qadriyat va munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi, psixomotor domen esa o‘qilgan materialni yozma va og‘zaki faoliyat bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, Bloom taksonomiyasi asosida darslarni tashkil etishning ilmiy-metodik yondashuvlari hamda pedagogik amaliyotda qo‘llashning afzalliklari ochib berilgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. “O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5712-son Farmon. – Xalq so‘zi, 2019-yil 30-aprel.
2. Xaitova N. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini tashkil etish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2017. – 130 b. 3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2010. – 167 b.
4. Xusanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 211-219 b.
5. Xolboyeva G. Adabiyot darslarida Blum taksonomiyasini qo‘llash samarasi. – Til va adabiyot ta’limi, 2019. – №1. – 31–33 b.
6. Mirzayeva Z. O‘quvchilarning ehtiyojini hisobga olish adabiy ta’lim taraqqiyotining muhim faktori sifatida. – Xalq ta’limi, 2019. – №4. – 20–22 b.
7. Niyozov J., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – 202 b.
8. Wikipedia. Blum taksonomiyasi. – https://ru.wikipedia.org/wiki.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..






.jpg)

.png)





