Tabiiy fanlar

KO‘P KOMPONENTLI CuInS2/ZnS KVANT NUQTALAR SINTEZI VA ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI

kvant nuqtalar, “yadro/qobiq”, kolloid barqarorlik, kompozit materiallar, optik xossalar, o‘lcham ta’siri, kvant effektlari, fotostabillik.

Mualliflar

Mazkur tadqiqot ko‘p komponentli CuInS2/ZnS kvant nuqtalarining (KN) sintezi, modifikatsiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini tizimli ravishda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida CuInS2 yadrolarini sintez qilish va ZnS qobig‘ini epitaktsial o‘stirish usullari optimallashtirildi. KNlar sirt yuzasini passivlash, kolloid barqarorlikni oshirish va biotibbiyot maqsadlarida funktsionallashtirish uchun turli xil ligand almashinuvi va sirt modifikatsiyasi strategiyalari qo'llanildi. Sintez qilingan CuInS2/ZnS KNlarining o'lchami, shakli, kristallografik tuzilishi, elementar tarkibi va sirt kimyosi turli zamonaviy asbob-uskunalar yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari CuInS2/ZnS KNlarining fotobarqarorligi, kvant unumini yaxshilash uchun ZnS qobig‘i va sirt modifikatsiyasi muhim rol o‘ynashi isbotlandi. KNlarning turli xil qo'llanilish sohalaridagi, xususan, dori vositalarini manzilli yetkazib berish va yorituvchi qurilmalardagi istiqbollari eksperimental ma'lumotlar asosida baholandi. Ushbu tadqiqot KN texnologiyalarini rivojlantirish va ularning amaliyotdagi tatbiqini kengaytirish uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi.